
Moratti: “Inter” hozir “Milan”dan kuchliroq
“Inter” klubi sobiq prezidenti Massimo Morattining aytishicha “neradzurrilar” ayni damda hamshaharlari “Milan”dan kuchli.
“Agar ikki Milan jamoalarini taqqoslasak, ayni damda “Inter” kuchliroq. Pioli – ajoyib mutaxassis. Garchi u hozir “Inter”da o‘zini juda yaxshi paytlarini o‘tkazmayotgan bo‘lsada. Montellaga keladigan bo‘lsak, u menga yoqadi. Nazarimda “Milan” Vinchentso bilan yanada kuchliroq bo‘ladi”, - deydi Moratti Football Italia nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, “Milan” hamda “Inter” o‘rtasidagi Milan derbisi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 15:30da start oladi.
Milan derbisini 860 million ishqiboz tomosha qilishi kutilmoqda
Fikrlar