Moriyaсу: "Mas’uliyatni oʻz zimmamga olaman va barchadan uzr soʻrayman"
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Hajime Moriyasu Jahon chempionati 1/16 finalida Braziliyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
⠀
"Barcha yapon muxlislari uchun g‘alaba qozona olmaganimizdan juda afsusdaman. Bosh murabbiy sifatida barcha mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman va hammadan uzr so‘rayman.
⠀
Hyustonda stadionga kelib, bizga dalda bergan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, Yaponiyada va dunyoning turli burchaklarida tun bo‘lishiga qaramay, televizor yoki internet orqali bizni qo‘llab-quvvatlagan insonlarga ham rahmat aytaman.
⠀
Musobaqani aynan shu bosqichda yakunlash og‘ir. Ammo futbolchilar har bir mashg‘ulotda ham, bugungi uchrashuvda ham bor kuchini berdi. Murabbiylar shtabi va butun jamoa yo‘l davomida katta fidoyilik ko‘rsatdi.
⠀
Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Hozir qattiq tushkunlikdamiz, ammo bu natijani qabul qilib, yanada kuchliroq qaytish uchun undan motivatsiya sifatida foydalanamiz", — dedi Moriyasu.

Fikrlar