Mourin'yo xudbinlikdan voz kechdi

  • 22.08.2026 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo klubga qaytganidan keyingi his-tuygʻulari haqida gapirib berdi.

«Kasbiy nuqtai nazardan «Real Madrid» — murabbiylik faoliyatining eng yuqori choʻqqisi. Shuningdek, istalgan futbolchi uchun ham eng oliy daraja. Bu — ish bilan bogʻliq tomoni. Lekin hissiy va shaxsiy jihatdan bu men uchun uyga qaytish bilan barobar. Hozirgi paytda bu his tuygʻulari ilk marta kelganimdagidan ham kuchliroq. Ōshanda asosiy maqsadim murabbiylik kareramning eng yuqori bosqichiga chiqish edi, hozir esa koʻproq shaxsiy va hissiy tomon ustun. Shu maʼnoda bu safargi qaytish men uchun yanada gʻozal», — dedi Mourinyo.

Uning soʻzlariga koʻra, ilk marta, 2010 yilda Madridga kelganida, oʻzi haqida koʻproq oʻylagan.

«Ōshanda bu yerga dunyodagi eng buyuk klubni boshqarish va, albatta, oʻzim uchun muvaffaqiyat qozonish maqsadida kelgan edim. Hozir esa vaziyat mutlaqo boshqacha. Endi men oʻzim uchun emas, «Real» uchun ishlashni istayman. Albatta, bu ikki narsa bir-biriga bogʻliq, lekin hozir hissiy tomon koʻproq ustun kelyapti. Men endi oʻzimni emas, «Real»ni oʻylayapman», — deya Mourinyoning fikrlarini Madridning «Real» klubi rasmiy sayti keltiradi.

18 avgust kuni Joze Mourinyo rasmiy Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi sifatida namoyish etildi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilgacha moʻljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!