Mourin'yo boshqaruvidagi "Real"ga o'taman!

  • 04.09.2026 17:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Napoli»ning shotlandiyalik yarim himoyachisi va jamoa yetakchilaridan biri Skott Maktoninay jurnalistlar bilan suhbatda, u Joze Mourinyo boshqaruvidagi «Real»ga o‘tish taklifini qabul qilarmi-yo‘qmi, degan savolga javob berdi.

«Agar Mourinyo menga qo‘ng‘iroq qilib, «Real»ga taklif etsa, bu variantni jiddiy ko‘rib chiqaman», – deya Maktoninayning so‘zlarini Sport.es nashri keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Skott Maktoninay 2017 yilda «Manchester Yunayted» asosiy tarkibida debut qilgan, o‘sha paytda jamoani aynan Joze Mourinyo boshqargan edi. 

Bu yozda mashhur portugaliyalik mutaxassis faoliyatini davom ettirish uchun madriddlik «Real»ga qaytish qarorini qabul qildi. Hozircha «slivochnilar» milliy chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda: «Qirollik klubi» La Ligada dastlabki uch o‘yning barchasida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!