Mourin'yo Mbappe atrofidagi mojaroga oydinlik kiritdi

  • 09.10.2026 15:51
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Frantsiya milliy jamoasi ixtiyoridan ketganidan so‘ng hujumchi Kilian Mbappening bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazgani va uning atrofida yuzaga kelgan vaziyat haqida fikr bildirdi.

«Futbolchi bo‘lish — sutka davomida 24 soatni egalaydigan kasb. Shaxsiy hayotdagi har qanday hatti-harakat muqarrar ravishda muayyan oqibatlarga olib keladi.

Futbolchi ham inson. U qaerdadir xato qilishi mumkin... Ammo unda mas’uliyat hissi doimo bo‘ladi.

Milliy jamoalar o‘yinlari uchun yuzaga kelgan tanaffus davrida «Real» futbolchilari o‘zlarining professional yondashuvlarini namoyish etishdi. Ularning munosib sharoitlarda shug‘ullanishini ta’minlash uchun astoydil mehnat qildik. Dam olish vaqtlarigacha barcha narsa puxta rejalashtirilgan edi. Jarohat olgan futbolchilar Valdebebasdagi bazaga kelishdi, tibbiy ko‘rikdan o‘tdishdi va tiklanish jarayonini davom ettirishdi.

Masalan, Arda Gyulerni olaylik. U so‘nggi uchrashuvda jarohat oldi va men unga ikki kun dam berdim.

Mbappe bilan bog‘liq voqeaga kelsak, u bu yerda bo‘ldi, tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, keyin esa tizzasidagi muammolar sababli boshqa shifokorning fikrini olish uchun jo‘nab ketdi. Bu muammolarni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

Keyin tiklanish jarayoni davom etadi. Uning tafsilotlari esa, aslida, sizga tegishli emas. Shu bilan birga, ayrimlar oddiy vaziyatlardan muammo izlashga moyil.

Avvaliga tungi klub haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Ammo u klub emas, balki Parijda xususiy tadbir o‘tkazilayotgan mashhur maskan edi.

Keyin Shveytsariyadagi velosipedlar haqidagi voqea paydo bo‘ldi. Mehmonxonada shunchaki spa hududiga yoki umumiy foydalanish joylariga osoyishta borishlari uchun bir juft velosiped taqdim etilgandi.

Din Heysen bilan bog‘liq kabi kichik voqealar ham bo‘ladi. U shunchaki Tiago Pitarchning uyi oldida turib, telefonda xabar yozayotgan edi. Ammo uni deyarli jinoyatchiga chiqarishdi. Bu kulgili holat.

Yangilik istaysizmi? Mana sizga yangilik. «Real»da uzoq vaqtdan beri birinchi marta oktyabr oyida yangi jarohatlar qayd etilmadi.

Jarohatlanganlar ro‘yxatida faqat o‘tgan mavsumda shikastlangan futbolchilar qolgan. Mana shu — yaxshi yangilik, ammo bu sizga qiziq emas», — dedi Joze Mourinyo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!