Mourin'yo «Real»da yangi taktik rejalar ishlab chiqdi
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa oʻyinida ayrim taktik jihatlarni oʻzgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Marca nashri xabar berdi.
Manba maʼlumotlariga koʻra, portugaliyalik mutaxassis madriddiklarning hujumdagi imkoniyatlarini kengaytirishni istamoqda. U toʻpni nazorat qilishga asoslangan oʻyinni tezkor hujumlarga oʻtish bilan uygʻunlashtirish, hujumchilarning tezligidan maksimal darajada foydalanish va standart vaziyatlar orqali raqib darvozasi oldida koʻproq xavfli holatlar yaratishni maqsad qilgan.
Shu bilan birga, Mourinyo uchun jamoaning himoyadagi muvozanatini saqlab qolish asosiy ustuvor yoʻnalish boʻlib qolmoqda. Uning oʻyin tizimida aynan mustahkam himoya va toʻgʻri joylashuv muhim omil sifatida koʻriladi.
Hozirgi paytda «Real» Ispaniya chempionati jadvalida 18 ochko jamgʻargan holda 4- oʻrinni egallab turibdi.

Fikrlar