Mourin'yo "Real"ga hech kim kutmagan futbolchini chaqiryapti
Nufuzli manba - Marca gazetasining yozishicha, "Real"da ish boshlayotgan Joze Mourin'yo transferlar masalasida klub prezidenti Florentino Peres bilan allaqachon muhokamalarga kirishib ketgan.
Portugaliyalik mutaxassis "Qirollik klubi" rahbariyatidan hech kim kutmagan o'yinchini so'radi. Ma'lumotlarga qaraganda, Mourin'yo "Marsel" jamoasida to'p surayotgan vinger Meyson Grinvudni xarid qilish g'oyasini ilgari surmoqda.
Grinvud o'tgan mavsumni juda yuqori darajada o'tkazdi. Frantsiya klubi safida u barcha musobaqalar doirasida 45 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar