Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mourin'yo "Real"ga talab qo'ydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Klub xo‘jayini uni aytganini qiladi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo tarkibni kuchaytirish niyatida ekani xabar qilinmoqda.

The Touchline nashri ma'lumoticha, portugalialik mutaxassis klub rahbariyatidan yangi hujumkor yarim himoyachi olib berilishini so'ragan. Manbaning qayd etishicha, «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres Mourinyo iltimosiga ko'ra yangi yarim himoyachi sotib olishga tayyor, ammo bunga faqat o'zi futbolchining salohiyatiga ishonch hosil qilganidan keyingina rozi bo'ladi.

Shuningdek, Peres katta mablag' talab qiladigan transfer masalasida shoshilmaslik tarafdori ekani, asosiy qarorni kelasi yozda qabul qilishni ma'qul ko'rayotgani ta'kidlanadi. Ammo Mourinyo yangi futbolchi qishki transfer oynasining o'zidayoq jamoaga qo'silishi kerakligini uqtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, La Liganing yetti turidan so'ng «Real» turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Madridliklar shu vaqtgacha 15 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q