Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mourin'yo: Sen besh daqiqa ham o'ynamaysan!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Murabbiydan ruhsat bo‘lmadi

«Real Madrid» markaziy himoyachisi Eder Militao sog‘ligi bilan bog‘liq xavfga yo‘l qo‘ymoqchi emas.

28 yoshli braziliyalik aprel oyidan buyon jarohati sabab maydonga tushmayapti, ammo u jamoa safiga qaytish arafasida. Marca nashri xabar berishicha, Militao yaqinda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi mashg‘ulotida o‘yin oxirida maydonga tushishni so‘ragan. Uning maqsadi murabbiylar shtabini o‘zi to‘liq tayyor ekaniga ishontirish edi. Ammo murabbiylar unga qat’iy rad javobi qaytargan: «Yo‘q, sen hatto besh daqiqaga ham maydonga chiqmaysan».

Shanba kuni Joze Mourinyo boshqaruvidagi jamoa La Liganing sakkizinchi turi doirasida o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qiladi.  Hozirgi paytda «Real» turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q