Mourin'yo : «U oʻz manmanligini nazorat qilishni oʻrganishi kerak»
Jozе Mourin'yu Krishtianu Ronald'u endilikda o'z egosini boshqarishni va tanasining avvalgidek emasligini tan olishini aytdi.
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourin'yu jurnalistlar bilan suhbatda Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidan ketishi atrofidagi bahslarga munosabat bildirdi.
Mourin'yuning ta'kidlashicha, Krishtianu — tabiatan g'olib. Uning so'zlariga ko'ra, Ronalduni yillar davomida gol urishga va sovrinlar qo'lga kiritishga undab kelgan asosiy omillardan biri — uning katta egosi.
«Bu holat tabiiy. Lekin endi u o'z egosini boshqarishni o'rganishi kerak. Futbol uni kutib turmaydi. Ronalduning tanasi avvalgidek emas. Buni hamma biladi, ammo endi buni o'zi ham anglab yetishi zarur», — deya qo'shimcha qildi Mourin'yu.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldo yaqinda Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi va u milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Izohlar (0)