Mourin'yo Vinisius bo‘yicha keskin qaror qabul qilishga tayyor
Ispaniyadan shov-shuvli xabar
«Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Vinisiusning oʻyinidan mamnun emas. Bu haqida Defensa Central nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, portugalialik mutaxassis yulduz hujumchini zahiraga qoldirishga tayyor. Mourinyuning fikricha, shunday qaror vingerni yanada jiddiyroq ishlashga undaydi va uning avvalgi sport formasini tiklashga yordam beradi. Hozircha klub rahbariyati Vinisiusni sotish masalasini koʻtarmayapti.
Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi La Liganing yetti uchrashuvida maydonga tushib, «gol plus pas» tizimi boʻyicha «1+3» natijasini qayd etdi. Yozda esa Vinisius «Real» bilan shartnomasini uzaytirgan edi.

Izohlar (0)