Mourin'yo Vinisius kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi

  • 25.07.2026 22:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning mashhur «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo braziliyalik hujumchi Vinisius Juniornig kelajagiga oid o‘z qarorini qabul qildi.

The Telegraph nashri ma’lumotiga ko‘ra, «Qirollik klubi»ning yangi ustozi yozgi transfer oynasida Vinisiusni sotish yoki ijaraga berish variantiga qarshi chiqqan. Mourinyo bu pozitsiyasini klub rahbariyatiga ham ochiq bildirgan.

26 yoshli futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Vinisiusni 140 million yevro atrofida baholamoqda. U 2018 yil yozidan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Vinisius Junior klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan edi. Unga Angliyaning yetakchi jamoalari — «Liverpul» va «Arsenal» tomonidan jiddiy qiziqish borligi aytilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!