Mourin'yo Vinisiusning noroziligiga munosabat bildirdi
Vinisius ranjishi, hafsalasi pir bo‘lishi – bu tabiiy
«Real» hujumchisi Vinisius Zhunior Chempionlar ligasida «Roma»ga qarshi safar oʻyinida almashtirilganidan mamnun qolmadi. Madrid klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo uchrashuvdan soʻng bu holatga oʻz munosabatini bildirdi.
«Vinisiusning reaksiyasimi? Uning norozi boʻlishi – oddiy holat. Agar u shishani otganida, bu menga yoqmasdi. Lekin ranjishi, hafsalasi pir boʻlishi – bu tabiiy.
Eng muhimi, oʻyindan keyin u jamoa gʻalabasidan juda xursand edi», – deya Mourinyoning soʻzlarini matbuot anjumanida AS nashri keltiradi.
Eslatib oʻtamiz, «Real» Rimdagi oʻyinda «Roma»ni 4:3 hisobida magʻlub etdi. Vinisius Zhunior 59-daqiqada maydonni tark etib, uning oʻrniga Endrik maydonga tushirildi.
Yosh braziliyalik futbolchi oʻyin taqdirini hal qilgan faoliyati bilan ajralib turdi – u bitta gol urdi va bitta golli uzatma berdi. Ushbu natija evaziga Endrik uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.

Izohlar (0)