Mourin'yo Arda Gyulerning oʻyini haqida fikr bildirdi

  • 17.10.2026 17:07
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa yarim himoyachisi Arda Gyulernig oʻyini haqida fikr bildirdi.

Mutaxassis futbolchining iqtidorini alohida taʼkidlab, u kelgusida yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.

«Menimcha, sizga uning mehnatsevarligini baholash qiyin. Gʻoyoki, eng salbiy holatlar uchun kimdir masʼul, ijobiy natijalar esa tasodifdek qabul qilinadi. Ammo Arda juda iqtidorlu futbolchi. Buni barchamiz bilamiz. U 21 yoshda va, baxtimizga, hali mukammallikka erishmagan. U koʻp qirrali futbolchi va men undan juda mamnunman», — dedi Mourinyo. Uning soʻzlarini «Real»ning rasmiy sayti keltirdi.

Joriy mavsumda Arda Gyuler «Real» safida toʻqqizta uchrashuvda maydonga tushib, bir gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 100 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!