Mourin'yo Bellingemga yangi vazifa topshiradi

  • 18.07.2026 12:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachi Jud Bellingemni 4-2-3-1 sxemasidagi asosiy “o'nlik” sifatida ko'rmoqda. Bu haqida The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis ba'zi hollarda Bellingemni jarima maydonidan jarima maydonigacha harakat qiladigan «sakkizlik» pozitsiyasida ham o'ynatishi mumkin.

Mourinyo Bellingem bilan ilk uchrashuvida unga 2026 yildagi jahon chempionatida Angliya terma jamoasi safida omad tilagan.

Qayd etilishicha, 22 yoshli yarim himoyachi portugaliyalik murabbiy uchun kelasi mavsumdagi asosiy futbolchilardan biri bo'ladi.

O'tgan mavsumda Bellingem barcha musobaqalarda 40 ta o'yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi.

Uning “Real” bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 130 million yevro deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!