Mourin'yo “Benfika” bilan kelisha olmay qoldi

  • 24.05.2026 15:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Madriddning “Real” klubi boshqaruviga tayinlanmagan taqdirda ham Lissabon jamoasida qolmaydigan boʻldi.

Portugaliyalik mutaxassisning ketishi “ogʻriqli emas, ammo doʻstona ham emas”. Bu haqida AS nashri xabar bermoqda.

Manba maʼlumotiga koʻra, Mourinyoning “Benfika”dan shartnomani uzaytirish taklifini olgani, biroq uni shoshilinch tarzda koʻrib chiqmasligini ochiq bildirgani Lissabon klubi rahbariyatiga yoqmagan.

Oʻz navbatida, murabbiy klubning yangi shartnoma taklifini kechiktirgani va buni “Real” unga qiziqish bildirganidan keyingina qilganidan norozi boʻlgan.

Agar Florentino Peres prezidentlik saylovida gʻalaba qozonmasa ham, Mourinyo endi “Benfika”da qolmaydi. Shu bilan birga, Peresning saylovda magʻlub boʻlishi ehtimoli juda past, deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!