Mourin'yo Bernardu Silvaga syurpriz tayyorlab qo'ydi

  • 27.06.2026 09:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva bu yozda «Manchester Siti»ni tark etib, erkin agent sifatida Madridning «Real» klubiga o‘tdi.

Insayder Mario Kortegana ma’lumotiga ko‘ra, Ispaniya grandi bosh murabbiyi Joze Mourin’yo futbolchidan qanday foydalanishni belgilab bo‘lgan.

Portugaliyalik tajribali mutaxassisga Bernarduning universalligi juda ma’qul keldi. Shu sababli Mourin’yo o‘z hamyurtini jamoa taktikasiga qarab, «sakkizlik», «o‘nlik» hamda hujumning ikki qanoti kabi pozitsiyalarda  o‘ynatishni mo‘ljallayapti.

31 yoshli Bernardu Silva 2017 yil yozidan buyon «Manchester Siti» safida to‘p surgan edi. Uning bozor qiymati 22 million yevro deb baholanmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!