Mourinyo: "Bir paytlar butun dunyo "El-klasiko"ni kutardi"
"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Real" va "Barselona" oʻrtasidagi qarama-qarshilikning futbol olamidagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Portugaliyalik mutaxassisning taʼkidlashicha, bugungi kunda "El-klasiko" avvalgidek katta qiziqish uygʻotmayapti.
"El-klasiko" endi avvalgidek qabul qilinmayapti. Bir vaqtlari butun dunyo ushbu oʻyinni kutardi. Faqat Madrid, Barselona yoki Ispaniya emas, balki butun jahon bu bahslarga intizor boʻlardi.
Albatta, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi oʻsha davrning asosiy qahramonlari edi. Ular dunyoning eng yaxshi ikki futbolchisi hisoblanardi.
“Real Madrid” — dunyoning eng yaxshi klubi. “Barselona” esa “Real”dan keyingi eng yaxshi klublardan biri", — dedi Mourinyo.
Qayd etish joiz, Mourinyo "Real"ni 2010–2013 yillar oraligʻida boshqargan va aynan shu davrda Ronaldu hamda Messi oʻrtasidagi raqobat eng yuqori nuqtaga chiqqan edi.

Fikrlar