Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mourino ikki yulduzni Evropaga qaytaradi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu masala deyarli hal...

Joze Mourino bosh murabbiylik qilayotgan “Fenerbahche” klubi mutasaddilari ikki katta transfer bo‘yicha ish boshladi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, turk klubi Saudiya Arabistoni chempionatida o‘ynayotgan Anderson Taliska (“An-Nasr”) va Roberto Firmino (“Al-Ahli”) o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

SBA Sports nashrining ma’lum qilishicha, har ikki futbolchi Turkiya Superligasiga ko‘chib o‘tishga moyillik bildirgan.

“An-Nasr” Taliska o‘rniga boshqa futbolchi qidirmoqda va bu transferni yanvarda amalga oshirishga bel bog‘lagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q