Mourinьo ikkinchi bor "Real" bosh murabbiyiga aylandi

  • 11.06.2026 23:16
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joze Mourinyo rasman Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

63 yoshli portugaliyalik mutaxassis "Benfika»dan" "qaymoqranglilar" safiga o‘tdi va bu lavozimda Alvaro Arbelоaning o‘rnini egalladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar Mourinyo uchun "Benfika"ga 15 million yevro tovon puli to‘laydi.

Murabbiy faoliyati davomidagi so‘nggi sovrinini 2021/22 yildgi mavsumda qo‘lga kiritgan. O‘shanda u "Roma" bilan Yevropa Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis avval ham 2010–2013 yillar oralig‘ida "Real"ni boshqargan. Uning qo‘l ostida jamoa La Liga, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!