
Mourino: Iste’doding bo‘lsa, barchasini o‘zgartira olasan
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa yarim himoyachisi Tangi Ndombele haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Agar futbolchida iste’dod bo‘lmasa, undan hech narsa chiqmaydi, aks holatda u barchasini o‘zgartira olishi mumkin. Ndombelening dastlabki olti oyi qanday bo‘lganini bilmadim, ammo men klubga kelganimda unda muammolar bor edi.
Boshqa chempionatdan kelgan futbolchini tezda yangi klubga moslashishi oson bo‘lmaydi. Biroq jahon futbolida yomon startdan so‘ng barchasini o‘zgartira olgan futbolchilar talaygina topiladi", - deydi Mourino.
Fikrlar