Mourino jurnalistlar bilan urishib qoldi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Latsio” va “Roma” o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida jurnalistlar bilan urishib qolib, tadbirni erta tark etdi.
Hozircha, mojaroga nima sabab bo‘lgani bo‘yicha izoh berilgani yo‘q.
Ma’lumki, Rim derbisida “Latsio” 3:2 hisobida zafar quchdi. Portugaliyalik mutaxassis uchrashuvdan keyin hakamlarni va VAR tizimini tanqid qildi.
Mourino jamoasi yaxshi o‘ynaganini va hakamning qarorlari natijaga ta’sir qilganini ta’kidlamoqda.
“Roma” oltinchi turdan so‘ng, 12 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar