Mourino kutayotgan o‘yinchi “Barsa”ga o‘tmasligini aytdi

  • 18 mart, 2022, 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino anchadan beri “Ayaks” himoyachisi Nussair Mazrauini Rimga olib kelishni o‘ylab yuribdi. Biroq, keyingi paytda bu futbolchiga “Barselona” jiddiy qiziqish bildira boshladi.  

Tecno

Marokashlik himoyachi o‘zining Kataloniya klubiga o‘tishi haqida tobora ko‘payib borayotgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

“Barselona” men bilan aloqaga chiqqani yo‘q. Qolaversa, hech kim bilan transfer haqida gaplashmaganman. Men hali o‘z klubimdan ketmoqchi emasman, - dedi Mazraui.

“Ayaks” himoyachisi joriy mavsumda Niderlandiya chempionatida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga beshta gol va ikkita assist yozdirib qo‘ydi. Uning amsterdamliklar bilan amaldagi bitimi mavsum oxirida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!