
Mourino “Liverpul”ga aloqaga chiqdi
Joze Mourino Angliya chempionidan Rayan Bryusterni “Tottenxem” berishni so‘ramoqda. Londonliklar bu futbolchini Harri Keynning o‘rnini bosishiga ishonch bildirmoqda.
Mourino hozircha Rayan Bryusterni yangi mavsumda bir yilga ijaraga olib, uni amalda sinab ko‘rmoqchi.
20 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda ijara asosida “Suonsi”da o‘ynadi va Angliya premer-ligasining qator klublari nishoniga aylandi.
O‘z o‘rnida, Yurgen Klopp ham o‘z shogirdini mavsumoldi tayyorgarlik mashg‘ulotlarida sinab ko‘rishga qaror qilgan. Uning ijaraga yuborilishi yoki tarkibga kiritili Kloppning xulosasidan so‘ng hal bo‘ladi.
Fikrlar