Mourin'yo “Manchester Siti” yulduzini ro'yhatga qo'shdi
“Manchester Siti” bilan hamkorligini yakunlagan 31 yoshli Bernardu Silva portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo “Real Madrid” bosh murabbiyi etib tayinlangan taqdirda uni jamoada ko‘rmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritildi.
Bu haqida AS nashri xabar bermoqda.
Avvalroq futbolchining “Barselona”ga o‘tishga yaqin ekani va kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hans-Diter Flik ushbu transferni ma’qullagani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
Shuningdek, Bernardu Silvaga “Atletiko Madrid”, “Benfika”, shuningdek Turkiya, Frantsiya, Italiya va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirgan.
30 iyun kuni futbolchining “Manchester Siti” bilan shartnomasi yakuniga yetadi. U 2017 yildan beri mazkur klub sharafini himoya qilib kelmoqda.
Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar