
Mourino “Manchester Yunayted”dan yana o‘yinchi olyapti
Joze Mourino “Roma” tarkibini katta klublarda pishgan futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etadi.
Portugaliyalik mutaxassis endi “Manchester Yunayted”da o‘zining qo‘l ostida to‘p tepgan Erik Bayini Italiya poytaxtiga ko‘chirib kelmoqchi.
28 yoshli himoyachi manchesterliklarning asosiy tarkibiga kira olmayapti. Klub uni 12 million evroga sotib yuborishga tayyor.
Ivuarlik markaziy himoyachi o‘tgan mavsum atigi ettita uchrashuvda ishtirok etdi va tabiiyki, o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. Uning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi.
Fikrlar