Mourin'yo Mastantuonoga ishonmoqda

  • 16.06.2026 19:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentinalik hujumchi Franko Mastantuono kelasi mavsumni ham "Real" safida o‘tkazishi kutilmoqda.

Jurnalist Mario Kortegananing ma’lum qilishicha, madriddliklarning yangi bosh murabbiyi Joze Mourin’yo yosh futbolchining o‘yinini yuqori baholamoqda. Portugaliyalik mutaxassis Mastantuonoga ishonadi va shu sababli futbolchining yozda ijaraga yuborilishi ehtimoli ancha kamaygan.

Franko Mastantuono 2025 yilda "River Pleyt"dan "Real"ga 45 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

2025/26 yildagi mavsumda argentinalik futbolchi "qaymoqranglilar" safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali Mastantuononing bozor qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!