Mourino nihoyat Shomurodovga baho berdi!

  • 4 aprel, 2022, 09:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” A Seriyaning 31-turida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Rimliklar Genuya shahrida “Sampdoriya” mehmoni bo‘lib, birinchi bo‘lim  o‘rtalarida Genrix Mxityaran tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Genrix Mxitaryan Eldor Shomurodovning Rimdagi  eng yaqin do‘sti, hujumchi bilan eng ko‘p muloqot qiladigan jamoadoshi. Armanistonlik futbolchi yana bir karra “Roma”ga qay darajada kerakligini isbotlab qo‘ydi. Buni Mourino ham tan oldi.

volga_10

Ushbu g‘alabadan so‘ng, “Roma” ochkolari sonini 54 taga etkazib, beshinchi pog‘onadagi o‘rnini mustahkamladi. Bir pog‘onada oldinda borayotgan “Yuventus”ning Turinda “Inter”ga yutqazgani Mourino shogirdlarini Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rin uchun kurashga qaytardi. Hozircha, oradagi farq to‘rttani tashkil qilyapti va yo‘qqa chiqarish bo‘lgan tafovut hisoblanadi.

Qolaversa, shu turgacha “Roma”dan o‘zib ketish imkoniga ega “Atalanta”ning o‘z maydonida “Napoli”dan engilgani ham rimliklar foydasiga ishlaydi. Endi “Roma” asosiy e’tiborini  to‘rtinchi o‘rin uchun kurashga qaratadi.

“Sampdoriya” maydonidagi o‘yinda Joze Mourino  Eldor Shomurodovni ham o‘yinga tushirdi. Terma jamoamiz safidagi ikkita uchrashuvda to‘rtta gol urgan hujumchimiz Temmi Abraxam o‘rniga maydonga chiqib, o‘n daqiqa atrofida o‘ynadi.

Shu tariqa, “Roma” chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasini o‘nta uchrashuvga etkazdi. “Bo‘rilar” ana shu bahslardan oltitasida uch ochkoga ega chiqqan bo‘lsa, to‘rttasida durang qayd etgan.

Uchrashuvdagi g‘alabadan so‘ng, kayfiyati yaxshi bo‘lgan Joze Mourino ayrim shogirdlari atrofida bo‘layotgan gap-so‘zlarga munosabat bildirdi, o‘yin borasidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Quyida Joze Mourinoning firk-mulohazalarini keltirib o‘tamiz:

Nikola Zalevski va Edoardo Bove haqida: “Roma”da Zalevski va Bovening o‘yinlarini e’tirof etish o‘rniga doim o‘ynamayotgan futbolchilar to‘g‘risida salbiy narsalarni qidiramiz. Bu juda og‘ir.

Brayan Kristante haqida: Rim matbuoti bu o‘yinchi menga yoqasligi va shuning uchun yozda sotib yuborilishi haqida yozmoqda. Undan ko‘ra, borib “Yuventus” - “Inter” o‘yinini tomosha qilinglar.

Genrix Mxitaryan haqida: Genrix zo‘r mavsumni o‘tkazyapti. Men uning bu erda qolishini istayman.Uning o‘zi ham jamoada qolmoqchi. Tyagu Pinto ham shuni o‘ylab yuribdi. Rayola uni qolishini ta’minlaydi.

Eldor Shomurodov va Temmi Abraxam haqida: O‘yin davomida temni tushirmadik, chunki “Sampdoriya” qanday o‘ynashini yaxshi bilamiz. O‘yinga ko‘plab o‘zgartirish kiritib borish muhim edi. Maydondagi kurash biz o‘yinchilarni almashtirganimizda to‘xtadi, Eldor Shomurodov o‘yinga juda yaxshi qo‘shildi. Temmi Abraxam ruhan charchab qolgan edi. Markazdagi futbolchilarimiz ham ishonchni oqladi. Hakamga gap yo‘q. Juda chiroyli o‘yin bo‘ldi.

6177507_1721_eldor_shomurodov

“Budyo-Glimt” haqida: Faoliyatimda juda ko‘p marotaba chorak finalga chiqqanman. Ularga bizga qarshi tarixiy natijalarni qayd etgan va ularni hurmat qilishimiz kerak. Rimda yaxshi maydon va sovuq bo‘lmagan havoda yaxshi o‘in bo‘lgandi.

Darhaqiqat, “Roma” futbolchilari navbatdagi uchrashuvni Konferentsiyalar ligasining nimchorak finalida o‘tkazadi. Dastlabki bellashuv 7 aprel kuni “Budyo-Glimt” maydonida bo‘ladi.

Rim klubi A Seriyadagi 32-tur bellashuvini 10 aprelda Rimdagi “Olimpiko” stadionida A Seriya autsayderi “Salernitana”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Osginov Sherbek
04/04/2022 11:40
Eldorga koproq oyin amalyotini berish kerak ishlariga omad
&
Muzaffar.Nishanov
04/04/2022 10:18
Eldorni o'yinga yani maydonga ko'proq tushurish kerak agar shunday qilinsa jenoyadagi ko'rsatgan ko'rsatkichini qilgan bo'lardi.
Osginov Sherbek
04/04/2022 11:41
Togri gap shu gapingizga qoshilaman