Mourino o‘zi mashhur qilgan futbolchini "Roma"ga chorlamoqda
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino "Chelsi" himoyachisi Kurt Zumani o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Aytish kerakki, portugaliyalik mutaxassis frantsiyalik mutaxassisning imkoniyatlarini yaxshi biladi. Chunki aynan u 2014 yilda “Chelsi” rahbariyatidan Zumani sotib olishni talab qilgan.
Xabarlarga ko‘ra, "Roma" Zumani ijaraga olishga tayyor, "Chelsi" esa faqat futbolchini sotish haqida o‘ylamoqda. Londonliklar frantsuzning transferi uchun 30 million evro talab qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Zuma 2014 yilda jamoani Joze Mourino boshqargan paytda "Chelsi" futbolchisiga aylangandi. O‘tgan mavsumda u premer-ligada 24ta o‘yin o‘tkazib, raqiblari darvozasiga 5 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar