Mourin'yo raqib darvozasiga penalti bergan hakamni tanqid qildi

  • 05.09.2026 11:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” bosh murabbiyi Joze Mourinyo 2026/2027 yilgi mavsum La Ligasining 4-turidan o‘rin olgan va jamoasi “Betis”ga (0:1) mag‘lub bo‘lgan uchrashuvdagi hakamlik haqida fikr bildirdi.

Bahsning bosh hakami Alehandro Ernandes bo‘ldi. Bu hakam o‘yin oxirida “Betis” darvozasiga penalti belgiladi. Biroq Kilian Mbappe 11 metrdan zarba berishda xatoga yo‘l qo‘ydi va gol urolmadi.

- Bosh hakam menga nima uchun ogohlantirish berganini bilmayman, ammo uni qabul qilaman. Men zahira o‘rindig‘idan turdim, chunki “Betis” futbolchisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizning oldimizda yiqildi.

Amo aniq ayta olmayman, chunki zahira o‘rindig‘ida ko‘plab xafa bo‘lgan odamlarni ko‘rdim, ular ekrandagi takroriy lavhalarni tomosha qilishardi. Menimcha, u o‘yinni o‘z maromida davom ettirdi. Birinchi bo‘limda ogohlantirishlarni qanday bergani menga yoqdi, “Betis” birinchi bo‘limni ogohlantirishlarsiz yakunladi...

Amo natijani bitta sariq kartochka hal qildi, deb bo‘lmaydi. Uchrashuvni ko‘rib chiqqanimdan keyin, ehtimol, erta fikrim o‘zgarishi mumkin. Ammo bugun zahira o‘rindig‘idan ko‘rganlarimga asoslanib, mag‘lubiyatimiz sababini tushunmayapman.

Jamoa juda munosib ko‘rinishda bo‘ldi va menda hech kimga shaxsiy da’vo yo‘q. Biroq sen g‘alabaga loyiq bo‘lganing ochko olib kelmaydi. «Betis»ni tabriklayman. Ular durang uchun o‘ynashdi va omad ham ular tomonida bo‘ldi, - deya Mourinyoning so‘zlarini Marca keltirdi.

La Liganing to‘rtta turidan keyin “Betis” to‘qqiz ochko jamg‘argan va uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Joze Mourinyo jamoasi ham to‘qqiz ochko to‘plagan, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!