Mourin'yo "Real" futbolchilari bilan aloqaga chiqqan

  • 14.05.2026 23:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joze Mourinyo yozda Madriddning "Real" klubiga bosh murabbiy sifatida qaytishi kutilmoqda.

"The Touchline" nashri jurnalist Migel Serrano ta’yanib xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis so‘nggi kunlarda "qaymoqranglilar"ning uch nafar futbolchisi bilan suhbatlashgan.

Manbaga ko‘ra, Mourinyo Tibo Kurtua, Kilian Mbappe va Vinisius Junior bilan muloqot qilgan.

Hozirda 63 yoshli murabbiy "Benfika"ni boshqarmoqda. Lissabon klubi 16 may kuni "Eshtoril"ga qarshi mavsumdagi so‘nggi o‘yinni o‘tkazadi. Jamoa hozir Primeyra jadvalidagi uchinchi o‘rinda bormoqda.

Joze Mourinyo 2010–2013 yillarda ham "Real"ni boshqargan. Uning qo‘l ostida madriddliklar 2012 yilda Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!