Mourin'yo "Real"ning yanvar oyiga mo‘ljallangan transfer rejalarini oshkor qildi
«Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinьo qishki transfer oynasi arafasida madridliklarning rejalari haqida fikr bildirdi. Uning taʼkidlashicha, jamoa tarkibi unga toʻliq maʼqul.
«Yangi futbolchi olib berishlarini soʻrayotganim yoʻq, tarkibimizdan mamnunman. Men oʻyinchilarni imzolashni talab qilib yuradigan murabbiylardan emasman. Mening vazifam – qoʻl ostimdagi futbolchilarni rivojlantirish, ularga oʻsishga yordam berish», – deya taʼkidladi Mourinьo.
Hozirgi paytda «Real» La Liga jadvalidа 18 ochko toʻplab, toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi. Keyingi turda madridliklar oʻz maydonida «Sevilya» jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar