Mourin'yo “Real” uchun ideal himoyachi tanladi
Italiyaning “Inter” klubi himoyachisi Alessandro Bastoni hamon Madriddning “Real” klubi transferlar ro‘yxatidan joy olib turibdi.
AS nashri xabar berishicha, “Qirollik klubi” bosh murabbiyi Joze Mourinyo italyalik futbolchining transferini shaxsan talab qilmoqda. Portugaliyalik mutaxassis o‘z o‘yin uslubiga ega murabbiy Bastonini jamoa himoyasi uchun ideal kuchaytirish deb hisoblaydi.
“Inter” esa Alessandroning ehtimoliy transferidan kamida 70 million yevro ishlab topishni rejalashtirmoqda.
O‘tgan mavsumda Italiya A Seriyasida 27 yoshli himoyachi 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol, 4 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan va 6 ta sariq kartochka olgan.

Fikrlar