Mourin'yo «Real» yarim himoyachilaridan nimani talab qilishini aytdi

  • 18.10.2026 22:21
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachilardan qanday talablar qo‘yishini ma’lum qildi.

Mutaxassis futbolchilardan hujumda samarali harakat qilishni istashini ta’kidladi. Portugaliyalik murabbiy jamoasida faqat yuqori saviyali futbolchilarni ko‘rishni xohlaydi.

«Men yarim himoyachidan yarim himoyachi bo‘lishni talab qilaman. Faqat himoyalanadigan yarim himoya — bu imkoniyatlari cheklangan tayanch yarim himoyachisidir. Yarim himoyada o‘ynash juda murakkab. Bu pozitsiyada harakat qilish uchun yuqori saviyali futbolchi va ajoyib mahoratga ega bo‘lish kerak», — deya Mourinyoning so‘zlarini «Real» klubining rasmiy sayti keltirdi.

Yozda «Real» «Manchester Siti»dan Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib oldi. Shuningdek, jamoa yarim himoyasida Orelien Tchuameni, Federico Valverde, Eduardo Kamavinga, Tyago Pitarch, Braim Dias, Jud Bellingem va Arda Gyuler ham o‘ynashi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!