Asosiy mazmunga oʻtish

Mourin'yo "Real"da dastlab Mbappеga raqobatchi olib kеlmoqchi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Yangi futbolchining nomi ma'lum emas

Jose Mourinьo kelasi mavsumdan boshlab "Real Madrid" bosh murabbiyi sifatida qayta ishga qaytish arafasida.

"The Special One" (O‘ziga xos murabbiy) jamoaga qaytgan taqdirda tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, u hujum chizig‘ini mustahkamlash uchun yozgi transfer oynasida yangi forvard olib kelishni maqsad qilgan. Hozircha ehtimoliy nomzodlar nomi oshkor etilmagan.

Ispaniya chempionati yakuniga ko‘ra, madridlik klub turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi. So‘nggi turda "Real Madrid" o‘z maydonida "Atletik Bilbayo" ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

La Liga mavsumi shu tariqa yakunlandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q