Mourin'yo “Real”da katta tozalash qilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

  • 26.06.2026 17:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo oʻz tayinlovidan keyin oʻtgan mavsumda omadsiz oʻynagan futbolchilar sotib yuborilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

- Men odamlarning “Joze Mourinyo “Real”ga kelib, oʻtgan mavsumda muammolarga duch kelgan barcha futbolchilardan halos boʻladi”, degan gap-soʻzlarini oʻqib qoldim.

Yoʻq! Menga shu futbolchilar kerak. Menga eng yaxshi oʻyinchilar kerak. Endi ulardan kuchli jamoa tuzish yoʻlini topishim lozim, - dedi Mourinyo jurnalistlarga.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Mourinyo kelganidan keyin “Real” yarim himoyachilari Orelien Tchuameni, Eduardo Kamavinga hamda himoyachi Raul Asensio klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!