Mourin'yo "Real"da Niko Pasni ko'rmoqchi, lekin futbolchining o'zi Italiyada qolish niyatida

  • 27.05.2026 01:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Niko Pas hozircha “Komo”ni tark etishni istamayapti.

Insayder Janluka Di Marcio ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi Italiya klubida yana kamida bir mavsum qolishni xohlamoqda.

A Seriya vakili ham 20 yoshli futbolchini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Biroq yakuniy qaror “Real”ga bog‘liq. Madrid klubi futbolchini 2026 yilda 9 million yevro, 2027 yilda esa 10 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqiga ega.

Manbaga ko‘ra, “Komo” rahbariyati Xose Mourinyo “Real”ga qaytgach, Niko Pasni tarkibda ko‘rishni istayotganini yaxshi biladi. Shunga qaramay, klub prezidentlik saylovlari transferni kamida bir yilga kechiktirishiga umid qilmoqda.

Niko Pas o‘tgan mavsum A Seriyada 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!