Mourin'yo “Real”da qachongacha ishlashi aniq bo‘ldi
Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo Madridning «Real» klubi bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqida jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, kelishuv 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
“Real” 63 yoshli mutaxassisning ketishi uchun Lissabonning “Benfika” klubiga tovon puli to‘lashga rozi bo‘lgan. OAV ma’lumotiga ko‘ra, gap yetti million yevro haqida ketmoqda.
Mourinyo “Real”ni 2010 yildan 2013 yilgacha boshqargan.
Uning qo‘l ostida jamoa Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan, shuningdek mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.
O‘tgan yil sentyabridan beri Mourinyo “Benfika”ni boshqarmoqda.
Avvalroq portugaliyalik mutaxassis o‘z yurtida “Benfika”dan tashqari “Portu”, Italiya ning “Inter” va “Roma”, Angliyaning “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Tottenxem”, shuningdek Turkiyaning “Fenerbahche” klublarida ham bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.
“Real” 2025-2026 yilgi mavsumni sovrinsiz yakunlaydi. Klub rahbariyati bosh murabbiy Alvaro Arbeloni ishdan olishi kutilyapti.
Jamoa La Ligada ikkinchi o‘rinni egalladi, Chempionlar ligasida chorak finalda musobaqani tark etdi, Ispaniya kubogida esa 1/8 finalda mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar