Mourin'yo: “Real”dan shu oʻyinchini yoʻqoting
Taniqli mutaxassis Joze Mourinyo tez orada “Real Madrid” jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi kutilyapti.
Portugaliyalik mutaxassis allaqachon kelasi mavsum uchun tarkibni rejalashtirmoqda va ayrim futbolchilar uning rejalariga kirmaydi.
Transfer News Live va El Nacional kabi manbalarning xabar berishicha, Mourinyo “Qirollik klubi” mutasaddilaridan markaziy himoyachi Eder Militаoni sotishni talab qilmoqda.
Buning sababi futbolchining doimiy jarohat muammolaridir. Mish-mishlarga ko‘ra, 28 yoshli braziliyalikka PSJ qiziqish bildirmoqda.
Biroq Parij klubi madridliklarning futbolchi uchun talab qilayotgan summasini to‘lashga tayyor emas.
Joze Mourinyo 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida Florentino Peres g‘alaba qozonsa, katta ehtimol bilan “Real Madrid” bosh murabbiyiga aylanadi.

Fikrlar