Mourin'yo “Real”ga “Benfika”dagi shogirdini chaqirdi

  • 14.06.2026 14:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Benfika” markaziy himoyachisi Tomas Araujujni jamoaning transfer ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqida jurnalist Ramon Alvares de Mon X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, hozircha “Qirollik klubi” 24 yoshli futbolchini sotib olish uchun amaliy qadam tashlamagan.

Joze Mourinyo Madrid jamoasi boshqaruvini qo‘lga olganidan keyin tarkibni o‘ziga moslashtirishga harakat qilmoqda.

O‘tgan mavsumda Arauju barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning “Benfika” bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million evroni tashkil qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!