Mourinьo “Real”ga qaytmoqda! Portugaliyalik mutaxassis shtabini shakllantirishni boshladi
OAV maʼlumotlariga koʻra, portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinьo allaqachon madriddning “Real” klubi bosh murabbiyiga aylangan.
Bu haqida The Athletic jurnalisti David Ornshteyn xabar berdi. Manbaga koʻra, Joze Mourinьo “Real” bilan shartnoma imzolagan va hozirdanoq oʻz murabbiylar shtabini shakllantirishni boshlagan.
“Qirollik klubi” ushbu tayinlovni rasmiy 7 iyundan keyin — klub prezidentligi saylovlaridan soʻng eʼlon qiladi.
Avvalroq “Real” Alvaro Arbeloa jamoa murabbiyi lavozimini tark etishini maʼlum qilgan edi. Mourinьu esa madriddliklar bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida koʻrilayotgandi.
Ayni vaqtda portugaliyalik mutaxassis “Benfika”ni boshqarmoqda. Matbuotda uning klub rahbariyati bilan munosabatlari yaxshi emasligi, bunga yangi shartnoma borasidagi kelishmovchiliklar sabab boʻlgani haqida xabarlar tarqalgan.

Fikrlar