Mourin'yo “Real”ga “Siti” markaziy himoyachisini olib kelmoqchi
U kim ekan?
Xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiol yozgi transferlar oynasi davrida “Manchester Siti”ni tark etib, faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Bu haqida AS jurnalistlari xabar bermoqda.
Ispaniya ommaviy axborot vositalari ma'lumotiga ko‘ra, futbolchini Madriddning “Real” klubi sotib olishi mumkin.
“Qirollik klubi”ga qaytish arafasida turgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourin'yo Gvardiolni yangi jamoasi safida ko‘rishni istamoqda.
24 yoshli himoyachining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Xorvat futbolchisining transfer narxi 70 million yevro, deb baholanmoqda.
Joriy APL mavsumida Yoshko 17 ta o‘yin o‘tkazib, ikki ta gol urdi va ikkita assist qayd etdi. Og‘ir jarohati tufayli chempionatning ikkinchi qismida ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi.

Izohlar (0)