Mourin'yo “Real”ga uchta superhimoyachi tanlab berdi

  • 07.06.2026 10:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joze Mourinyo Madridning “Real”klubi bosh murabbiyligiga qaytishi mumkin ekani haqidagi xabarlar fonida, jamoa tarkibini kuchaytirish bo‘yicha bir nechta takliflarni bildirgan.

Onda Cero nashri ma’lumotiga ko‘ra, mashhur mutaxassis “Qirollik klubi” rahbariyatidan bir nechta futbolchini olib kelishni so‘ragan.

Mourinyo jamoaning himoya chizig‘ini qayta qurmoqchi. Ana shu maqsadda u Madridga Mark Kukurelya (“Chelsi”), Yoshko Gvardiol (“Manchester Siti”) va Rikkardo Kalaf’ori (“Arsenal”) singari Angliya Premier-ligasida “suyagi qotgan” himoyachilarni transfer qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Mourinyo “Benfika”ni boshqardi. Agar Florentino Peres bo‘lajak prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa, Mourinyo yana “Real” bosh murabbiyi aylanishi kelishib qo‘yilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!