Mourino “Roma” futbolchilari terma jamoalarga chaqirilishidan norozi. Ketganlar orasida Shomurodov ham bor!

  • 8 oktabr, 2021, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekistonlik futbol ixlosmandlarining Eldor Shomurodov “Roma” o‘tganidan beri Rim klubiga muxlislik qilayotganini inobatga olib, ushbu klub atrofidagi yangilik, xabar va ma’lumotlarni berib borishda davom etamiz.

Mourinoga shogirdlari terma jamoalarga tarqab ketgani yoqmayapti

FIFA kunlari munosabati bilan mamlakatlar terma jamoalari rasmiy va o‘rtoqlik uchrashuvlari oldidan ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda. “Roma” futbolchilaridan 13 nafari o‘z mamlakati terma jamoalaridan taklif olib, jamoa mashg‘ulotlarini tark etdi. Eldor Shomurodov ham bosh murabbiy Srechko Katanets tomonidan milliy terma jamoamizning Malayziya va Iordaniya bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuviga taklif qilingan.  

Mourino jamoasi 17 oktyabr kuni 8-turda Turinda “Yuventus” mehmoni bo‘ladi. Portugaliyalik mutaxassis shogirdlari kuchli raqibga qarshi muhim o‘yin oldidan Rimga har xil holatda qaytishi va ular uch kun ichida “Yuventus”ga qarshi uchrashuvga etarli darajada tayyorlana olmasligidan xavotirda.

19991945_0_108_2075_1275_1920x0_80_0_0_cfceb5880de38bfd7e8bf606d1307265_1

- Men futbol terma jamoalar o‘yinisiz bo‘lmasligini tushunaman. Lekin nari borsa 15 ta o‘yinchi o‘ynaydigan uchrashuvlarga tayyorlanish uchun ikki haftaga 30-40 ta futbolchini yig‘ib olishni tasavvur qila olmayman! Masalan, Janubiy Amerikada nimalar bo‘layotganini anglash qiyin. Ular Evropa vaqti bilan kelasi juma tongda o‘yin o‘tkazadi. Yakshanba kuni esa “Yuventus” bilan muhim bahs bor. Urugvay terma jamoasining Braziliyaga qarshi uchrashuvidan keyin Matias Vina va Rodrigo Bentankur dunyoning narigi chetidan kelib, “Yuventus” - “Roma” to‘qnashuvida qay ahvolda bo‘ladi. Buni hech kimga qaragisi ham kelmayapti, - deydi Joze Mourino.  

Dzanolo tanaffusdan unumli foydalanyapti

“Empoli” bilan o‘yinda jarohat olgan Nikolo Dzanolo Italiya terma jamoasi ixtiyoriga bormadi. “Roma” yulduzi ikki haftani jarohatini tiklashga sarflaydi.

Klub tibbiyot xizmati mutaxassislari nazoratida davolanayotgan iste’dodli futbolchi alohida dastur bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Joze Mourino ishongan futbolchilaridan biri hisoblangan Dzanoloni bir hafta ichida jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilishini kutyapti. Chunki, Dzanolo navbatdagi turda “Yuventus”ga qarshi o‘yinda jamoa uchun muhim o‘yinchi hisoblanadi.

gol-shomurodova-prinyos-rome-pobedu-nad-trabzonsporom-v-matche-ligi-konferencij_1629403519693110259_1

Smolling “Roma”ga yordam bera olmaydi

“Empoli”ga qarshi uchrashuvda yaqindagina jarohatdan qaytgan Kris Smolling ham shikastlandi. Ma’lumotlarga qaraganda, angliyalik himoyachining o‘ng oyog‘ining orqa soni mushaklari lat egan. Klub shifokorlari tomografiya orqali uning paylari cho‘zilganini aniqladi.

Smolling uni og‘riq bezovta qilayotganini  aytmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, tajribali himoyachi bu jarohatda qutilish uchun uch hafta  davolanishi kerak bo‘ladi.

443714

Uch futbolchi yangi shartnoma oladi

Klub rahbariyati uch nafar etakchi futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Unga ko‘ra, Brayan Kristante, Janluka Manchini va Nikolo Dzanoloning amaldagi shartnomalari uzaytirilib, ularning maoshi oshiriladi.

Bu o‘yinchilarning hozirgi bitimi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Klub sport direktori bitimlarni 2026 yilgacha uzaytirish borasida muzokara o‘tkazishga tayyorlanmoqda.

photo

“Roma”dan ketib to‘g‘ri qildim!

Stiven Nzonzi “Roma”ni tark etib, Qatarning mashhur klubi “Ar-Rayan” bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Frantsiyalik futbolchi tanlovi to‘g‘ri bo‘lganiga ishonmoqda.

- Men ko‘p taklif oldim. Lekin “Ar-Rayan”ga o‘tishga qaror qildim. Chunki bu klub joylashgan mamlakatda kelasi yili jahon chempionati o‘tkaziladi. Shuningdek, Loran Blan birga ishlash men uchun sharaf. Men uning 1998 yilgi jahon chempionatidagi o‘yinlarini televizor orqali tomosha qilganman, - dedi Nzonzi.

Shomurodov zimmasidagi ishni Pellegrini bajarmoqda!

Mourino “Real”dan taklif oldi, u “Chelsi”dan yana bir yulduzni chaqirmoqda va “Roma” lageridan boshqa qizg‘in xabarlar!

“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?

“Spartak” sobiq bosh direktori “soqqa qilish” uchun O‘runovdan foydalangan ekan!

Mourinoga butsamni otib yubordim!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!