Shomurodov zimmasidagi ishni Pellegrini bajarmoqda!

  • 7 oktabr, 2021, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milliy chempionatlarning aksariyati FIFA kunlaridagi rasmiy va o‘rtoqlik uchrashuvlari munosabati bilan kichik tanaffusga chiqqani bois futbol mutaxassislari turli tahlillarni amalga oshirib, ularning natijalari bilan o‘rtoqlashmoqda.

Xususan, Italiya futbolini yoritib borayotgan www.gazzetta.it nashri mutaxassislari Joze Mourino qo‘l ostida A Seriyaning eng hujumkor jamoalaridan biriga aylangan “Roma” salohiyatini tahlil qilib chiqdi.

Avvalroq, Italiya matbuoti “Roma” milliy chempionat o‘yinlarida etti tur yakunlariga ko‘ra, raqib darvozasiga eng ko‘p zarba yo‘llagan jamoa bo‘lib turgani e’lon qilingan edi.

Bu gal mutaxassislar futboldagi eng muhim omil – gol urish bo‘yicha jamoa ichidagi vaziyatni tahlil qilib chiqdi.

Mourino davrida “Roma” hujum chizig‘i deyarli to‘liq yangilandi. Jamoani tark etgan Edin Jeko o‘rniga “Chelsi”dan Temmi Abraxam taklif etildi. Jahon chempioni Pedro o‘rniga Joze “Jenoa”dan Eldor Shomurodovni transfer qildi. O‘tgan mavsumda Rim klubining asosiy hujumchisi va to‘purari bo‘lgan Borxa Mayoral zaxiraga mixlandi.

a7b8e877cf6f628b439ee5a017160efd

Italiyalik ekspertlar Mourino jamoasi hujum uyushtirish va ko‘p gol urish borasida chempionat etakchilari qatorida ekaniga, lekin bu borada asosiy ishni hujumchilar emas, balki maydon markazida to‘p tepayotgan yarim himoyachilar o‘z zimmasiga olayotganiga e’tibor qaratmoqda.

Hisob-kitoblarga qaraganda, Rim klubi A Seriyada gol urish bo‘yicha amaldagi chempion – “Inter” va joriy mavsum etakchisi “Napoli”dan ortda xolos. Milanliklar A Seriyada o‘z hisobiga 22 ta gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, neapolliklar raqiblari darvozasini jami 18 marta ishg‘ol qilgan. “Roma” hisobida 16 ta samarali zarba bor. UEFA Konferentsiyalar ligasini qo‘shib hisoblaganda Mourino shogirdlari umumiy hisobda 29 marta gol nishonlagan. Bu har bir uchrashuvda rimliklar o‘rtacha 2,5 tadan to‘p kiritayotganidan dalolat beradi.

Shu o‘rinda, “Roma” gollariga jami 11 nafar futbolchi  mualliflik qilgan. Jamoaviy o‘yin sifatini ko‘rsatib beradigan bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Roma” yaqqol peshqadam.

Xo‘sh, shu gollardan nechtasi hujumchilar hisobiga to‘g‘ri keladi?

“Chelsi”dan 40 million evroga xarid qilingan va jamoaning asosiy to‘purari bo‘lishi kutilgan Temmi Abraxam A Seriya va Konferentsiyalar ligasida jami 4 ta gol urdi. Angliyalik yigit kelganidan keyin o‘z-o‘zidan uning o‘rinbosariga aylangan Eldor Shomurodov Konferentsiyalar ligasidagi birinchi bahsda “Trabzonspor” darvozasini ishg‘ol qilganidan keyin hamon “jimlik” saqlamoqda. Uning golsiz seriyasi o‘nta uchrashuvga etdi.

3205633-65667928-2560-1440

“Real” tarbiyalagan forvard Borxa Mayoral esa hali biror marta o‘zini ko‘rsatgani yo‘q. Ispan futbolining yana bir tarbiyalanuvchisi Karles Peresda ham xuddi shu ahvol. “Roma”ning to‘rt hujumchisi jami beshta gol urgan bo‘lib chiqyapti.

“Roma” sardori Lorentso Pellegrini jamoa to‘purariga ham aylandi. U ikki turnirda jami ettita gol urdi. Forvardlarga xos ko‘rsatkich, Abraxam va Shomurodovga esa haqiqiy o‘rnak.

Rim klubi tarkibidagi hujumkor o‘yinchi Stefan El-Shaaravi va yarim himoyachi Jordan Veretu hisobida to‘rttadan gol bor. E’tiborlisi, Veretu hujumchi bo‘lmasa ham, o‘tgan mavsumda 10 ta to‘p kiritib, Mayoral bilan birga jamoa to‘purari bo‘lgan edi.

Yarim himoya vakillaridan Genrix Mxitaryan va Brayan Kristante ikkitadan, Nikolo Dzanolo bir bora raqib darvozabonlarini ranjitdi.

Mourino jamoasidagi himoyachilar – Kris Smolling, Rojer Ibanes va Janluka Manchini ham bir martadan o‘z nomini tabloga yozdirishga erishgan.

Mourino “Roma”ni qabul qilib olgandagi maqsadiga etishdi. Portugaliyalik mutaxassis hujumkor jamoa qurmoqchi edi va statistik tahlillar u buni uddalaganini ko‘rsatmoqda. Endi Jozening oldida yanada murakkab vazifa turibdi. U hujum sifati va zarbalar aniqligini yaxshilash bo‘yicha ish boshlanishi kerak.

dd0b54a0ba37c6c11be693a8a3ff1412-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_835Xh_0

Bundan tashqari, Mourino jamoaning himoyaviy salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha ham ish olib borayotganini alohida ta’kidlash lozim. U tayanch zonasiga va himoyaga grand klublar talabiga javob beradigan o‘yinchilarni olishga urinmoqda.

Mourino “Real”dan taklif oldi, u “Chelsi”dan yana bir yulduzni chaqirmoqda va “Roma” lageridan boshqa qizg‘in xabarlar!

“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?

“Spartak” sobiq bosh direktori “soqqa qilish” uchun O‘runovdan foydalangan ekan!

Mourinoga butsamni otib yubordim!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!