Mourino “Roma” futbolchisi bilan urishib qoldi

  • 10.11.2022 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

A Seriyaning 14-turida “Roma” futbolchilari “Sassuolo” mehmoni bo‘lib, o‘yin yakunlanishi arafasida g‘alabani qo‘ldan chiqarib, bir ochko bilan kifoyalanishga majbur bo‘lgandi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Joze Mourino shu kuni maydonda to‘p tepgan 16 nafar shogirdi orasida bittasiga professionallik etishmaganini ta’kidlagandi.

Portugaliyalik mutaxassis bu gapi orqali zaxiradan maydonga tushgan va qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, mezmonlar hisobni tenglashtirishiga sababchi bo‘lgan Rik Karsdorpga qaratilganini hamma sezdi.

Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, kiyim almashtirish xonasida Joze Mourino va Rik Karsdorp orasida ziddiyat kelib chiqqan.

Vaziyatni kuzatib borayotgan mutaxassislar niderlandiyalik o‘yinchi o‘ziga yangi jamoa topishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!