Mourino Shomurodovga ishonch bildirsa bormi?

  • 3 aprel, 2022, 07:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

A Seriyaning 31-turida “Roma” futbolchilari Genuya shahrida “Sampdoriya” mehmoni bo‘ladi. Joriy mavsumda har ikki jamoa ikki xil maqsad uchun kurashmoqda. Rimliklar Joze Mourino qo‘l ostida Evropa miqyosidagi musobaqalarga chiqishga intilmoqda. Bu yil Konferentsiyalar ligasida zafar quchishga harakat qilayotgan rimliklarni kelasi mavsum UEFAning bu uchinchi darajali musobaqasi qoniqtirmasligi tayin.

“Roma” katta ehtimol bilan Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmaydi. Kuchli to‘rtlikka da’vogarlik qilish uchun ancha ochko boy berib bo‘lingan. Asosiy maqsad bajarilmagach, hech bo‘lmaganda Evropa ligasiga chiqishni uddalash lozim.

920__95_2532279071

Chempionat yakunlanishiga sakkiz tur qolganida Evropa ligasining ikki yo‘llanmasi uchun to‘rt jamoa – “Roma”, “Atalanta”, “Latsio” va “Fiorentina” da’vogarlik qilmoqda. Bu jamoalar jamg‘argan ochkolar orasidagi farq katta emas va biror jamoaning g‘alabali seriyasi hammasini o‘zgartirishi mumkin.

Shu bois, Genuyada bo‘ladigan bahs “Roma” uchun juda ahamiyatli hisoblanadi.

“Sampdoriya” bu chempionatda musobaqa jadvalining ikkinchi qismidan joy olgan. Asosiy vazifasi xavfli hududga tushib qolmaslik. Hozircha, 29 ochkoga ega bo‘lgan genuyaliklarni  V Seriyaga tushib ketish chegarasidan etti ochko ajratib turibdi. Xavf unchalik katta emas.

Lekin “Sampdoriya” osonlikcha taslim bo‘lmaydi. Ayniqsa, o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida. Genuyaliklar o‘z maydonida “Roma”ga qarshi o‘tkazilgan oxirgi sakkizta uchrashuvdan oltitasida mag‘lub bo‘lmagan.

Umuman olganda esa, uzoq tarixga ega bo‘lgan bu ikki klub futbolchilari o‘zaro 158 marotaba to‘qnash kelgan. Shulardan 49 tasida “Sampdoriya”, 67 tasida “Roma” zafar quchgan,   42 ta bellashuvda g‘olib aniqlanmagan. To‘plar nisbati esa, poytaxtliklar foydasiga – 222:168.

E’tiboringizga mazkur uchrashuvga doir qiziqarli faktlarni havola qilishdadavom etamiz:

  • “Roma” futbolchilari “Sampdoriya”ga qarshi o‘tkazilgan oxirgi sakkizta uchrashuvdan faqat ikkitasida raqibga imkoniyatni boy bergan.
  • “Roma” 11 ta uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda.
  • “Roma” ketma-ket sakkizta uchrashuvdan beri gol urib kelmoqda.
  • “Sampdoriya”ning golli seriyasi uchta uchrashuvga etdi.
  • “Sampdoriya” oxirgi to‘rtta bahsdan uchtasini boy berdi.
  • “Roma” o‘yinchilaridan 16 nafari turli terma jamoalar vakillari hisoblanadi.
  • “Sampdoriya”ning 8 futbolchisi o‘z mamlakatlari terma jamoalari a’zosi.
  • “Roma”dagi legionerlar soni 18 nafarni, “Sampdoriya”da esa 11 tani tashkil qilmoqda.

“Roma” va “Sampdoriya” futbolchilarining joriy mavsumdagi dastlabki uchrashuvi Rim shahridagi “Olimpiko” arenasida o‘tkazilgan va o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan. Ahamiyatli tomoni shundaki, o‘sha uchrashuvda Eldor Shomurodov 67-daqiqada zaxiradan o‘yinga tushib, olti daqiqadan so‘ng hisobni ochgandi. Biroq, rimliklar raqibning kamsonli hujumlaridan birini o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan boy bergan edi.

9618e6f6df91d7777c9ac9b1524f8dc461c3899d9c3dc999682577

Shomurodov “Roma”da ko‘p o‘ynamayotgan bo‘lsa-da, hozir juda yaxshi formada ekani uning muxlislarini xushnud etmoqda. Buni terma jamoamiz safida ikkita uchrashuvda to‘rtta gol urgani va shu bahslarda juda erkin, samarali va shiddatli harakat qilganidan bilib olish qiyin emas.

Demak, Joze Mourino gol urishni unutmagan, “Sampdoriya” darvozasiga yo‘l topish usulini biladigan o‘zbek hujumchisiga etarli darajada imkon berishini kutamiz.

“Sampdoriya” va “Roma” uchrashuvi 3 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Mourino o‘ynatmayotgan hujumchiga Ispaniya grandidan taklif bor

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Odil Kilichov
02/04/2022 22:20
Жудаям қийин булдида Шамуродовга
Mansurjon Umarbekov
03/04/2022 12:02
Qiyin imkon berishi
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
03/04/2022 10:06
Eldor uynatsa. talabka javob beradi. shunchaki unga shans bermayapti Jozi