Mourin'yo: Shu uchtasini sotib, 100 million yevro ishlab olamiz
Taniqli murabbiy Joze Mourinyo“Real” bosh murabbiyi etib tayinlangach, klubning transfer siyosati oʻzgara boshlandi.
Diario AS maʼlumotiga koʻra, “Qirollik klubi” rahbariyati shu yoz uch nafar futbolchini sotish orqali 100 million yevro daromad olish va yangi ijrochilarga joy boʻshatishni rejalashtirmoqda.
Klub hujumchi Gonsalo Garsiya, chap qanot himoyachisi Fran Garsiya va markaziy himoyachi Raul Asensio bilan xayrlashishga tayyor.
Transfermarkt bahosiga koʻra bu futbolchilarning transfer narxi quyidagicha baholangan:
- Gonsalo Garsiya — 30 mln yevro;
- Fran Garsiya — 10 mln yevro;
- Raul Asensio — 20 mln yevro.
Shunga qaramay, “Real” rahbariyati bu oʻyinchilarni qimmatroq narxda sotishga va koʻproq daromad olishga urinadigan boʻldi.

Fikrlar