Mourin'yo: uch yulduz olindi, yana ikkitası kerak!

  • 13.06.2026 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” bosh murabbiyiga aylangan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo jamoa tarkibini shakllashtirishga kirishib ketdi.

Tajriba­li mutaxassis “Qirollik klubi” shu yoz uch futbolchini Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirganidan keyin yana ikkita transferni amalga oshirishni so‘ramoqda.

Madridliklar uch nafar taniqli o‘yinchi – Denzel Dumfris, Ibrohim Konate va Bernardu Silva bilan kelishuvga erishgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Bir­oq ESPN ma’lumotiga ko‘ra, Mourinyo himoya markazi va chap qanotiga yana bittadan himoyachi olib kelishni xohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutaxassis 13 yillik tanaffusdan keyin yana “Real”ga qaytdi. O‘tgan mavsumda u “Benfika”ni boshqargan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!