Mourino: "Ularning zaxirasida hatto asosiy tarkibdagilardan ham kuchli futbolchilar bor edi"

  • 1 oktabr, 03:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino London klubiga qarshi (0:1) mag‘lubiyatdan keyin hakamlik haqida fikr bildirdi:

Tecno

— "Chelsi" o‘tish fazalarida juda kuchli bo‘ldi. Men zaxiradan kuch qo‘shish uchun o‘zgarishlar qildim, lekin ularning zaxirasida hatto asosiy tarkibdagilardan ham kuchli futbolchilar bor edi. Tanlovlari juda ko‘p.

— Joau Pedro ikkinchi ogohlantirishni ancha oldin ham olishi mumkin edi. UEFA qoidalarga ortiqcha qattiq yopishib oladi. Masalan, Istanbuldagi Florentinoning maydondan chetlatilishi yoki Otamendi bilan bog‘liq vaziyat — barchasi ikkinchi sariqqa arzir edi. Bu holatlar o‘yin taqdirini o‘zgartirishi mumkin edi.

— Biz mag‘lubiyatdan ranjimiz, ammo taktik va mental jihatdan o‘sishimizga ishonamiz. Ilgari uch kun tayyorgarlikka ega edik, endi esa to‘rt kun bo‘ladi. Keyingi bahsga yanada yaxshi holatda tayyorlanish imkonimiz bor, — dedi Mourino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!